football-details
25.11.2026
Kotrina Kulbite: «Özbekiston xalqaro maydonda munosib öringa ega ekanini isbotlamoqçimiz»
Ayollar futboli

Özbekiston ayollar milliy terma jamoasi boş murabbiyi Kotrina Kulbite FIFA rasmiy saytiga maxsus intervyu berdi. 

Jamoa boş murabbiyi Kotrina Kulbite FIFA intervyusida 2027-yilgi Braziliyadagi Jahon çempionati saralashidagi maqsadlari haqida gapirdi. Jamoa 28-noyabrdan 5-dekabrga qadar Rabat shahrida o‘tkaziladigan qit’alararo pley-off bosqichida Papua-Yangiyorg‘e, Gana va Janubiy Afrika jamoalariga qarshi o‘ynaydi; top-2 jamoa keyingi bosqichga o‘tadi.

33 yoshli litvalik murabbiy Braziliya bilan bog‘liq shaxsiy xotiralari orqali muvaffaqiyatga ergashishda taqdirni eslatdi va ruhiy tayyorgarlikning ahamiyatini ta’kidladi. Uning fikricha, chempionatga yo‘llanma olish Özbekistonning xalqaro maydondagi unvarini isbotlaydi, yangi avlodni ruhlantiradi va ayollar futboliga investitsiyani oshiradi.

Özbekiston ayollar milliy terma jamoasi boş murabbiyi Kotrina Kulbite FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida 2027-yilgi Jahon çempionati saralaşidagi maqsadlari, Braziliya bilan boğliq xotiralari hamda yangi avlodni futbolga ruhlantiriş haqida söz yuritdi.
Ba’zan Kotrina Kulbite sodir bölayotgan voqealarni taqdir bilan boğlaydi. Göyo qandaydir kuç uni murabbiylik faoliyatining muhim yillarini ötkazgan mamlakatga qayta çorlayotgandek.

2018–2020-yillarda litvalik mutaxassis murabbiylik faoliyatini rivojlantiriş maqsadida Braziliyaga yöl olgan edi. Endilikda esa u Özbekiston terma jamoasini aynan Braziliyada ötkaziladigan Jahon çempionatiga olib çiqiş imkoniyatiga ega. Murabbiyning ta’kidlaşiça, u bu haqda köp bor orzu qilgan.

«Pandemiya boşlanişiga qadar San-Paulu şahrida ikki yil yaşadim. Futbol sohasida faoliyat yuritdim va individual maşğulotlar olib bordim. Öşa davrda portugal tilini örgandim. Braziliyaning madaniyati, odamlari va mamlakatning özi menga juda yoqadi. Jahon çempionati Braziliyada ötkaziladi. Bu mamlakat ayollar futboli uçun juda katta ahamiyatga ega. Öylaymanki, barça murabbiy va futbolçilar Marta kabi futbolçilarning faoliyatini kuzatib borgan hamda Braziliyaning ayollar futbolidagi örnini yaxşi biladi. Öşa paytda nima sababdan bölişini bilmasam-da, bu mamlakatga albatta qaytişimni aytgandim. Balki dam oliş, balki işlaş uçun qaytarman, deb öylardim. Çunki bu ajoyib mamlakat. Endi esa Özbekiston terma jamoasi bilan Braziliyadagi Jahon çempionatiga boriş imkoniyati paydo böldi. Balki bu taqdirdir», — dedi Kulbite.

Joriy yilgi Osiyo kubogida Jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritişga juda yaqin kelgan Özbekiston terma jamoasida endi qit’alararo pley-off orqali uşbu maqsadga erişiş uçun ikkinçi imkoniyat mavjud. Saralaşning dastlabki bosqiçida oltita terma jamoa ishtirok etadi. Yakunda dastlabki ikki örinni egallagan jamoalar kelasi yili ötkaziladigan hal qiluvçi bosqiçga yöl oladi.

Özbekiston 28-noyabrdan 5-dekabrga qadar Marokaş poytaxti Rabot şahrida ötkaziladigan musobaqada Papua — Yangi Gvineya, Gana va Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoalariga qarşi maydonga tuşadi. Bir hafta, uçta uçraşuv va Özbekiston ayollar terma jamoasining tarixda ilk bor Jahon çempionatida ishtirok etişi sari muhim qadam taşlaş imkoniyati. Kulbitening fikriça, bu vazifani bajarişda ruhiy tayyorgarlik hal qiluvçi ahamiyat kasb etişi mumkin.

«Öylaymanki, ruhiy tayyorgarlik juda katta ahamiyatga ega. Osiyo kubogida Filippinga qarşi uçraşuvda Jahon çempionatiga töğridan töğri yöllanma oliş imkoniyatiga ega edik. Jamoamiz uzoq vaqt davomida bunday muhim uçraşuvlarda ishtirok etmagani bizga muayyan qiyinçiliklarni keltirib çiqardi. Barça narsa bitta öyinga boğliq bölgan vaziyatda bosimni yengib ötiş har doim ham oson emas. Biroq sönggi bir yil davomida kuçli terma jamoalarga qarşi öynab, katta tajriba töpladik. Masalan, Osiyo öyinlarida Xitoy terma jamoasi bilan durang öynadik. Albatta, bunday musobaqalar oson keçmaydi. Ammo Jahon çempionati saralaşining dastlabki bosqiçida munosib ishtirok etişga tayyormiz, deb öylayman».

Fransuz tilini özi istagan darajada bilmasligini tan olgan Kulbite haqiqiy poliglot hisoblanadi. U litva, portugal, ingliz va rus tillarida erkin sözlaşa oladi, şuningdek, ispan tilini ham mukammal özlaştiriş arafasida. Yilning katta qismini Özbekistonda ötkazayotgan mutaxassis özbek tilini ham örganmoqda.
Futzal böyiça Jahon çempionatiga mezbonlik qilganiga ikki yil, erkaklar milliy terma jamoasining Jahon çempionatidagi tarixiy ishtirokidan yarim yil ötgan va U-20 Jahon çempionatiga hamkorlikda mezbonlik qilişiga bir yil qolgan Özbekistonda futbolning barcha yönalişlari uçun muhim davr keçmoqda.

Endi esa Kulbite va asosan mamlakat içki çempionatida töp surayotgan futbolçilar oldida Özbekiston futboli tarixida yana bir yangi sahifa oçiş vazifasi turibdi.

«Agar Jahon çempionatiga yöllanma olsak, bu butun mamlakat va ayollar futboli uçun ulkan voqea böladi. Ayniqsa, erkaklar milliy terma jamoasi ham yaqinda tarixda ilk bor bunday natijaga erişganini hisobga olsak. Özbekiston ayollar futbolidagi eng yirik musobaqada ilk bor ishtirok etsa, bu mamlakatimizning jahon miqyosida e’tirof etilişini anglatadi. Biz dunyoning eng kuçli terma jamoalari bilan raqobatlaşiş imkoniyatiga ega bölamiz.
Bu yangi avlodni ruhlantiradi. Köproq qizlar futbol ularning kelajagiga aylanişi mumkinligiga işona boşlaydi. Şuningdek, bu ayollar futboliga köproq investitsiya jalb etilişi, infratuzilmaning yaxşilanişi va professional imkoniyatlarning kengayişiga xizmat qilişi mumkin. Bu milliy ğurur tuyğusini ham yanada kuçaytiradi. Biz nafaqat öz jamoamiz, balki butun mamlakat şarafini himoya qilamiz va yangi mezonlarni belgilaymiz. Özbekiston xalqaro maydonda munosib öringa ega ekanini isbotlamoqçimiz. Şu bois bu natija nafaqat jamoamizning har bir a’zosi, balki butun mamlakat uçun ulkan ahamiyatga ega böladi».

Boks murabbiyi oilasida ulğaygan 33 yoşli Kulbiteda qat’iyat va matonat bolaligidan şakllangan. U ayrim şogirdlari bilan deyarli tengdoş hisoblanadi.
Mutaxassis özbekistonlik iqtidorli futbolçilarning yangi avlodida ham jahon maydoniga qörqmasdan çiqiş va öz imkoniyatlarini butun dunyoga namoyiş etişga bölgan kuçli iştiyoqni körmoqda.

«Men Litvaning kiçik şaharlaridan birida ulğayganman. Otam esa Yevropa va jahon miqyosidagi eng nufuzli musobaqalarda ishtirok etgan sportçilarga murabbiylik qilgan. Otamdan örnak olganim şaxs va murabbiy sifatida şakllanişimda katta ahamiyat kasb etgan. Hozir Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyiman. İşonç bilan ayta olamanki, uşbu ajoyib futbolçilar bilan işlaş faoliyatimning eng zavqli davri bölmoqda. Bugun Özbekistonda hamma futbol bilan nafas olmoqda. Madaniyat, an’analar va din bilan boğliq ayrim jihatlarni tuşunişimiz zarur bölsa-da, tobora köproq yoş qizlar futbol bilan şuğullanayotganini köryapmiz. Biz hozir katta sur’at bilan oldinga siljiyapmiz. Endi şu sur’atni saqlab qolişimiz, mavjud iştiyoqdan unumli foydalanib, oldinga intilişimiz kerak. Özimizga işonişimiz zarur. Agar maydonda öz vazifalarimizni töliq bajarsak, saralaşning hal qiluvçi bosqiçiga yöl oliş uçun, albatta, imkoniyatimiz böladi», — dedi Kotrina Kulbite.

Лента Новостей