football-details
24.10.2026
Özbekiston futbol assotsiatsiyasi qoşidagi akademiyalarning uç yulduzli maqomi yangilandi
OFK

Osiyo futbol konfederatsiyasi Özbekiston futbol assotsiatsiyasining AFC Elite Youth Scheme dasturi doirasidagi uç yulduzli maqomini yangiladi. Bu mamlakatimizda yoş futbolçilarni tayyorlaş tizimini rivojlantiriş borasidagi işlarning xalqaro miqyosda e’tirof etilganidan dalolat beradi.

Toşkentdagi Respublika futbol akademiyasi ham uç yulduzli maqomga sazovor böldi.

Samarqand va Buxoro viloyatlari futbol akademiyalari esa ikki yulduzli maqom bilan taqdirlandi.

AFC ekspertlari Özbekistonda yoş futbolçilarni tayyorlaş tizimi, zamonaviy infratuzilma, murabbiylar ta’limi, iqtidorlarni aniqlaş, sport fanlari hamda terma jamoalar va klublar örtasidagi hamkorlikni yuqori baholadilar.

Şuningdek, Özbekistonning U-17 va U-20 yoş toifalarida qit’a çempionliklarini qölga kiritgani, Olimpiya öyinlariga yöllanma olgani hamda 2025-yilda tarixda ilk bor FIFA Jahon çempionatiga yöllanma olgani alohida e’tirof etildi.

Bu natijalar Özbekistonda yoşlar futbolini rivojlantiriş yölida amalga oşirilayotgan tizimli işlar va uzoq muddatli strategiyaning samarasi hisoblanadi.

Лента Новостей