football-details
05.10.2026
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Rossiyaga qarshi bahs oldidan so‘nggi mashg‘ulotni o‘tkazdi
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi ertaga Rossiya U-19 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi ertaga “Mirabror Usmonov Cup” xalqaro turnirining hal qiluvchi bahsida Rossiya U-19 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Vakillarimiz bugun Milliy futbol markazida bo‘lajak uchrashuv oldidan so‘nggi tayyorgarlik mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 6-oktabr kuni “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

🇺🇿 O‘zbekiston U-20 — Rossiya U-19 🇷🇺
🗓 6-oktabr
⏰ 17:00
🏟 “Paxtakor” stadioni

📌 Uchrashuvga kirish mutlaqo bepul!
 

Лента Новостей