Milliy terma jamoasi himoyachisi Hojiakbar Alijonov mashgʻulotlar paytida oyogʻining boldir mushak qismida noqulaylik his qilgan.
Tibbiy diagnostik va klinik tekshiruv xulosalarga koʻra, himoyachimizning tiklanishi uchun 1 hafta muddat talab etiladi.
Ayni damda Alijonov tibbiy shtab nazorati ostida individual ravishda tiklanish mashgʻulotlarini olib bormoqda.