Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
football-details
02.04.2026
The Athletic: O‘zbekistonning ilk Jahon chempionati sari yo‘li
Tarjima

Jahonning taniqli “The Athletic” nashri O‘zbekistonning Jahon chempionatidagi tarixiy ishtiroki haqida maxsus maqola e’lon qildi.  

O‘zbekistonning ilk Jahon chempionati sari yo‘li
 

Futbolchilar uchrashuv yakunlanganidan so‘ng stadiondagi ishqibozlar tomon borar ekan, minglab muxlislar ularni o‘z qahramonlari singari olqishlar bilan qarshi oldi. Shahar markazidagi mehmonxonalar milliy timsollar ranglarida yoritildi, ulkan attraksion g‘ildiragida esa O‘zbekiston bayrog‘i porlab turdi.
 

Bu — shunchaki bir o‘yindan keying manzalar emas, bu butun mamlakat kutgan tarixiy lahzaning ifodasi edi.
O‘zbekiston joriy yili tarixda ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi, mamlakat Markaziy Osiyo tarixida ham mundialga boradigan birinchi mamlakatga aylanadi.
 

FIFA Series doirasida Venesuela ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba muxlislar uchun terma jamoani Jahon chempionatiga munosib kuzatish imkonini taqdim etdi.
 

Bu voqea nafaqat Toshkent, balki mamlakatning barcha hududlarida katta aks-sado berdi. Bugun futbol O‘zbekistonning xalqaro maydondagi yangi qiyofasini namoyon etmoqda.

 

Yangi O‘zbekiston va yangi futbol davri
 

So‘nggi yillarda futbol rivojida juda ko‘plab o‘zgarishlar amalga oshirildi. Darhaqiqat, yangi investitsiyalar, xalqaro hamkorlik, turizm va sport infratuzilmasiga qaratilgan e’tibor O‘zbekistonni yangi bosqichga olib chiqdi.
 

Bu o‘zgarishlar futbolga bo‘lgan munosabatda ham yaqqol sezildi. O‘zbekistonning Jahon chempionatiga chiqishi bir kunlik muvaffaqiyat emas. Bu natija yillar davomida olib borilgan izchil mehnat, og‘riqli mag‘lubiyatlar va sabr-toqat mahsulidir. Terma jamoa bir necha bor mundial yo‘llanmasiga juda yaqin kelgan edi. 
 

Sobiq murabbiy, ayni paytda FIFA tizimida faoliyat olib borayotgan Arsen Venger O‘zbekiston futbolidagi o‘sishni alohida e’tirof etgan:
 

“Yoshlar tizimida ajoyib ishlar qilinmoqda, mamlakatdagi infratuzilma esa hayratlanarli.”


So‘nggi yillarda mamlakat bo‘ylab futbol akademiyalari barpo etildi, murabbiylar ta’limi tizimi yangilandi, yosh futbolchilarni erta aniqlash va seleksiya qilishga alohida urg‘u berildi. 2022-yilda 3500 ta mini futbol maydoni qurilgani bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarning amaliy natijasidir.
 

  • Yoshlar terma jamoalarining muvaffaqiyatlari ham aynan shu tizim samarasi bo‘ldi:

    U-17 terma jamoasi 2023-yilgi Jahon chempionatida Angliyani musobaqadan chiqarib yubordi 
     
  • U-20 terma jamoasi Osiyo kubogida chempion bo‘ldi 
     
  • U-23 jamoasi tarixda ilk bor Olimpiadada ishtirok etdi 
     
  • U-17 terma jamoasi 2025-yili Osiyo kubogi g‘olibi bo‘ldi. 
     

Bugungi milliy terma jamoa futbolchilarining katta qismi aynan shu tizimda shakllangan.

 

Abduqodir Husanov — yangi avlod timsoli
 

Bugungi O‘zbekiston futbolining eng yorqin timsoli, shubhasiz, Abduqodir Husanovdir. Manchester City safida to‘p surayotgan himoyachi nafaqat milliy terma jamoaning yetakchi futbolchisi, balki O‘zbekiston futbolining global miqyosdagi eng yorqin yulduziga aylandi. 
 

Bu esa yosh avlod orasida futbolning ommaviyligini yanada oshirmoqda.

Katta maqsadlar sari qat’iy qadamlar
 

So‘nggi yillarda sport infratuzilmasi bo‘yicha ham ulkan ishlar amalga oshirildi. Milliy futbol markazi foydalanishga topshirildi, yaqin yillarda 55 ming o‘rinli zamonaviy stadion ochilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, yangi Olimpiya shaharchasi va bir qator sport inshootlari barpo etildi.
 

Sportga berilayotgan e’tiborning sezilarli darajada oshgani ham O‘zbekistonning bu boradagi katta maqsadlaridan dalolat beradi.
 

Ilk Jahon chempionati oldidan terma jamoaga Fabio Kannavaro bosh murabbiy etib tayinlandi. 2006-yilda Italiya terma jamoasi safida mundial kubogini sardor sifatida boshi uzra ko‘targan mutaxassisdan katta umidlar kutilyapti.
 

Bugungi muvaffaqiyat — yillar davomida yaratilgan tizim, puxta reja va izchil mehnat samarasi. O‘zbekiston uchun bu tarixiy debyut bo‘lishi kutilmoqda. Bugungi natija yangi yutuqlar sari yo‘lning boshlanishi sifatida ko‘rilmoqda.
 

O‘zbekiston futboli endi nafaqat mintaqa, balki jahon futbolining xaritasida ham o‘zining munosib o‘rnini egallashga tayyor.
 

Лента Новостей