Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
football-details
02.04.2026
"Official Digital Magazine of Man City" jurnali maqola e'lon qildi
O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Manchester City" himoyachisi Abduqodir Husanov.

Abduqodir Husanovning maydondagi tezligi va chiroyli harakatlari  “Manchester City” muxlislari orasida eng sevimli futbolchilardan biriga aylantirdi.

“Shaharliklar” safida ko‘plab kuchli himoyachilar bor ammo, Husanovning futbolchilik iqtidori alohida tahsinga  loyiq.

Jahon futbolida muxlislarni hayratga sola oladigan himoyachilar kam. Husanov esa buni maydonda tez-tez namoyon etadi. Kerakli paytda to‘pni tortib oladi va “yashin” tezligi bilan xavfli hujumlarni to‘xtatadi. Uning tezligi hatto Kayl Uoker darajasida, ba’zan undan ham tezroq ko‘rinadi.U deyarli mukammal himoyachi fazilatlariga ega, ammo uning o'rganish kerak bo'lgan jihatlari ham bor va bu yo‘lda, u Ruben Dias, Joško Gvardiol, Natan Ake va Jon Stounz kabi futbolchilardan ko'p narsalarni o‘rganmoqda.

Husanov “Manchester City” bilan“Premier League”da o‘ynagan va Angliyada sovrin yutgan ilk o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi. Kelgusida esa bundanda ko‘plab yutuqlarni qo'llga kiritishi kutilmoqda.

Ilk uchrashuvini eslar ekan, Abduqodir Husanov shunday deydi:

“Xotirjam bo‘lganman. O‘sha o‘yindan oldin, bir oydan ortiq  maydonga tushmagan edim va jamoa bilan faqat bitta mashg‘ulot o‘tkazgandim. Bu albatta ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.

Pepdan juda minnatdorman. U men bilan individual tarzda ko‘p ishladi, o‘yinning har bir jihatini tushuntirdi. Biz bosqichma-bosqich ishlayapmiz. U  menga vaqt kerakligini tushunadi.”

Mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsatishda davom etgach, Pep Guardiola uni yana maydonga tushirdi va u ikkinchi o‘yinidayoq “Leyton Orient”ga qarshi gol urdi. Shundan so‘ng u asosiy tarkibda ketma-ket sakkizta o‘yin o‘tkazdi. “Bournemouth”ga qarshi uchrashuvda esa yana jarohat oldi. Bu  futbolchi uchun og‘ir, ammo u buni oddiy qabul qildi:

“Jarohatlar futbolning bir qismi. O‘sha davrda ota-onam va turmush o‘rtog‘imdan juda katta dalda oldim.”

 

“Murabbiylar u kabi futbolchilarni yaxshi ko‘rishadi. Unda na kibr bor, na ortiqcha shov-shuv, faqat sof himoya bor,” — degan edi Arsen Venger.

Pep Guardiola esa uning ko‘plab hujumkor yulduzlarni to‘xtatib qo‘yayotganini kuzatdi. “Liverpool” ustidan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng murabbiy shunday degan:

“U qanday o'yin ko'rsatganini ko'rdingizmi?!  U Muhammad Saloh va Hugo Ekitikening xavfi vaziyatlarini yo‘qqa chiqardi. U Vilyam Shekspir kabi gapirmaydi, lekin tobora yaxshilanib boryapti.  Biz nimani xohlayotganimizni tushunadi. U juda aqlli futbolchi.”

Murabbiyning ishonchi shunchalik yuqori bo'lganki, u Abduqodirga Real Madridga qarshi ikki o‘yinda  o‘ynash vazifasini bergan edi.

“Bu katta mas’uliyat edi, ammo men xotirjam edim. Har bir o‘yinda bor kuchimni beraman va uchrashuvni eng yaxshi o‘yinimga aylantirishga harakat qilaman” — Abduqodir Husanov

Yaqinda “EFL Cup” finalda Arsenal ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, taniqli jurnalist va yozuvchi Genri Vinter shunday yozdi:

“Abduqodir Husanovni alohida e’tirof etish kerak. U endigina 22 yoshga to‘ldi, o‘z o‘yinini yanada yashilab,  xatolarini to‘g‘rilab bormoqda. Ammo uning tezligi, jismoniy quvvati va qat’iyati bilan menda katta taassurot qoldirmoqda. Uning oddiy, ammo samarali to‘p uzatishlari va jismoniy kurashni sevishi ham tahsinga loyiq. .

"Bu klub safida o‘ynayotganimdan faxrlanaman. Siti juda ajoyib muxlislarga ega. Ular bizni uyda ham, safarda ham,  qo‘llab-quvvatlashadi.  Ularning qo‘llab-quvvatlashi, albatta, biz uchun juda muhim. Hatto qiyin damlarda ham ular yonimizda. Biz buni chin dildan qadrlaymiz va ular uchun yanada ko‘proq sovrinlar yutishni xohlaymiz.  Mening orzuyim esa Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish”  — Abduqodir Husanov.

Лента Новостей