Uchrashuvda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati, Coca-Cola O‘zbekiston bosh direktori Kazumasa Mukae hamda Coca-Cola Icecek kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh menejeri Furkan Aydın, O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari ishtirok etdi.
Tomonlar mamlakatimizda futbolni rivojlantirish, milliy terma jamoalarni qo‘llab-quvvatlash va futbol madaniyatini keng ommalashtirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni muhokama qildi.
“Butun dunyoda futbolning eng yaqin hamkori — Coca-Cola. Ushbu hamkorlik O‘zbekiston futboli ravnaqiga xizmat qiladi va yanada mustahkamlanib boradi", — Ravshan Irmatov.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategik hamkorlik shartnomasi imzolandi