Jamoalar oʻrtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18-mart soat 03:00 da Rabatda joylashgan “Muhammad VI” sport majmuasi maydonida oʻtkaziladi.
Maʻlumot oʻrnida, raqibimiz Marokash terma jamoasi U-17 yosh toifasidagi 2025-yilgi Afrika kubogi gʻolibi hisoblanadi. Ertangi bahsda jamoamiz toʻliq oq libosda harakatlanadi. Raqiblarimiz oʻzining an’anaviy qizil libosida maydonga tushadi.
Oʻyin tomonlarning kelishuviga binoan yopiq eshiklar ostida oʻtkaziladi. Uchrashuv tafsilotlari OʻFA rasmiy sahifasida eʻlon qilib boriladi.