Xabaringiz bor, 2027‑yil O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan FIFA U‑20 Jahon chempionatini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Prezident qarori ijrosi doirasida ayni vaqtda Yangi Toshkent stadioni qurilish ishlari davom etmoqda.
Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati Yangi Toshkent stadionida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. O‘FA birinchi-vitse-prezidenti Ravshan Irmatov Yangi Toshkent stadioni quruvchilari bilan uchrashib, ish jarayonlarini o‘rgandi. Qurilishda birinchi navbatda sifat, xavfsizlik va qulaylik masalalariga jiddiy eʼtibor qaratish zarurligi ta’kidlandi. Mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Ushbu stadion FIFAning barcha talablarini bajara olishi va jahon standartlariga to‘liq mos kelishi bilan ajralib turadi. Shuningdek, u xalqaro musobaqalarni yuqori sifatda mezbonlik qilish imkonini beradi hamda futbolchilar va muxlislar uchun qulay sharoitlarni yaratadi.