Jamoamiz ayni paytda Milliy futbol markazida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda. Rejaga ko‘ra, yig‘in 18-martga qadar davom etadi.
Miraziz Mirzahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz 18–24-mart kunlari Qirg‘iz Respublikasida bo‘lib o‘tadigan xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etadi.
Mazkur musobaqada Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston hamda Qozog‘istonning U-16 terma jamoalari ham qatnashadi.