Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
Веб-сайт в режиме тестирования
football-details
23.02.2026
Jahon futbolidagi global islohotlar va imkoniyatlar — Janni Infantinoning FIFA rahbari sifatidagi faoliyatiga 10 yil to‘ldi
Janni Infantino

2026-yil FIFA prezidenti Janni Infantino tashkilot rahbari sifatida faoliyat boshlaganiga 10 yil to‘ldi. Mazkur sana munosabati bilan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov FIFA prezidenti rahbarligida o‘tgan o‘n yillik faoliyatni yodga olib, ushbu davrda jahon futbolida amalga oshirilgan islohotlarni e’tirof etdi.

"So‘nggi o‘n yil davomida Janni Infantino rahbarligida FIFA futbolni chin ma’noda global darajaga olib chiqdi. Ushbu davr O‘zbekiston uchun ham yangi imkoniyatlar davri bo‘ldi. FIFA Forward dasturi orqali yurtimizda to‘rtta yangi mashg‘ulot maydoni barpo etildi, stadion infratuzilmasi rekonstruksiya qilinib, futbolimiz rivoji uchun mustahkam poydevor yaratildi.

Shuningdek, FIFA futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qilish xalqaro turnirlarni eng yuqori saviyada tashkil etish borasida mamlakatimiz uchun muhim tajriba bo‘ldi. Eng muhimi, Jahon chempionati ishtirokchilari sonining 48 taga kengaytirilishi O‘zbekistondagi 38 milliondan ortiq insonlarning orzusini ro‘yobga chiqardi va butun xalqimizni yagona maqsad atrofida birlashtirdi", — deya ta’kidladi Ravshan Irmatov.

Ma’lumot uchun, Janni Infantino 2016-yil 26-fevral kuni FIFA prezidenti lavozimiga saylangan bo‘lib, tashkilot tarixidagi to‘qqizinchi prezident hisoblanadi.
 

Лента Новостей